Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston bilan AKT sohasidagi hamkorlik kuchaytiriladi

Hindiston bilan AKT sohasidagi hamkorlik kuchaytiriladi

Foto: «Mitc.uz»

Shu yilning 5-9-avgust kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘ldi. Bu yerda Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlangan edi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Foto: «Mitc.uz»

Tashrif doirasida Dehli shahridagi Hindiston texnologiyalar instituti va Dehli texnologiyalar universiteti rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Hindiston ta’lim muassasalari va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida o‘zaro talabalar almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek davlat grantlari asosida o‘zbekistonlik talabalarning o‘qishiga joy ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi.

Javoharla’l Neru nomidagi O‘zbekiston-Hindiston o‘quv markazi faoliyatini takomillashtirish masalasi bo‘yicha Yetakchi hisoblash markazi bilan hamkorlik rivojlanmoqda. Unga ko‘ra, texnik universitet talabalari va davlat xizmatchilari hamda mutaxassislariga kompyuter va tizim injiniringi, ma’lumotlar almashish va dasturlashtirish fanlari bo‘yicha ta’lim berish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Hindiston axborot texnologiyalari markazi o‘rtasida elektron hukumatning qator yo‘nalishlari: elektron tibbiyot, elektron ta’lim, elektron parlament, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar bo‘yicha davlat xizmatchilarini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring