Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston Yerning sun’iy yo‘ldoshini urib tushirdi

Hindiston Yerning sun’iy yo‘ldoshini urib tushirdi

Foto: «Reuters»

Hindiston mudofaa kuchlari yerga yaqin orbitadagi kosmik apparatni urib tushirdi va shu tariqa dunyoda sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurolga ega to‘rtinchi davlatga aylandi. Bu haqida mamlakat bosh vaziri Narendra Modi xabar berib o‘tgan.

Bosh vazirning bayonotiga ko‘ra, 300 kilometr balandlikda bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshni urish uchun uch daqiqadan kamroq vaqt sarflangan. Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan raketa sun’iy yo‘ldoshni urib tushirgan.

Bunga qadar AQSh, Rossiya va Xitoy shunday qurolga ega edi. Modining ma’lum qilishicha, ushbu qurolning sinovdan o‘tkazilishi hech bir mamlakatga qarshi qaratilmagan va xalqaro qonunchilikka to‘liq mos keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring