Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston poytaxtida 100 dan ziyod odam sovuqdan halok bo‘ldi

Hindiston poytaxtida 100 dan ziyod odam sovuqdan halok bo‘ldi

Foto: «Depositphotos»

Hindiston poytaxti Dehlida yanvar oyi boshidan beri (1—19-yanvar) 106 kishi sovuqdan halok bo‘ldi, deb xabar berdi «The Economic Times» gazetasi.

«Yaxlit rivojlanish markazi» nohukumat tashkiloti Dehli bosh vaziri Arvind Kejrivalga sovuq oqibatidagi o‘limlarga barham berish uchun qish payti tegishli choralar ko‘rish zururligini so‘rab murojaat qildi. Xabarda aytilishicha, o‘lganlar asosan uysiz odamlar.

O‘z navbatida, Dehli shahar uylarini yaxshilash kengashi rasmiylari bu o‘limlar sovuq oqibatida yuz berganini inkor etishdi. Biroq politsiya Hindiston poytaxtida qish paytlari uysizlar o‘rtasida o‘limlar soni ko‘payishini tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston poytaxtida uysizlar soni 100 ming nafardan oshadi.

Yuqoridagi shahar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Dehlidagi uysizlar uchun mo‘ljallangan 308 ta boshpana-uy faqat 9 330 nafar uysizni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring