Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda dunyodagi eng ulkan haykal barpo etildi

Hindistonda dunyodagi eng ulkan haykal barpo etildi

Foto: «Hurriyet.com»

Hindistonning Mumbay shahrida dunyodagi eng uzun haykal ‒ Hindiston mustaqilligini qo‘lga kiritishda bemisl xizmat ko‘rsatgan qahramon Vallabxai Patelning haykali barpo etildi. Uning uzunligi 181 metr, deya xabar beradi «Hurriyet.com».

Haykalni qurish uchun 290 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflandi.

Hindiston muxolifat partiyasi vakillari bunga qarshi chiqib, haykalga xarjlangan mablag‘ni ta’lim tizimiga yo‘naltirish zarurligini aytishgan.

Patelning haykali ochilsa, u AQShdagi «Ozodlik» haykalidan ikki barobar, Rio-de-Janeyrodagi «Qutqaruvchi Iso» haykalidan 5 barobar katta bo‘ladi. Yangi haykal ayni damda dunyodagi eng katta bo‘lgan «Bahor ibodatxonasi Buddasi» haykalidan ham bir necha o‘n metrga uzun.

Daha uzunu yok 181 metreyle dünyanın 1 numarası

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring