Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda kuchli shamol 30 kishini hayotdan olib ketdi

Hindistonda kuchli shamol 30 kishini hayotdan olib ketdi

Foto:«Flickr»

Kecha Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «IANS» agentligi ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ray-Beli va Ameti shaharlarida tabiiy ofatdan 11 kishi halok bo‘lgan, 16 kishi jabrlangan. Uttar-Pradesh shtati markaziga yaqin shaharlar – Sultanpurda 5 kishi, Sitapur va Baxraych shaharlarida esa 4 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari 10 kishi, shu jumladan, 5 nafar ayol, 2 nafar bola Uttar-Pradesh shtati sharqida yashin urishi oqibatida halok bo‘lgan.

Avvalroq iyun oyida Uttar-Pradesh shtatida qum bo‘roni tufayli 15 kishi halok bo‘lgani, 10 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring