Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda traktor ag‘darilib ketdi: 15 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda traktor ag‘darilib ketdi: 15 kishi halok bo‘ldi

Foto:«Flickr»

Hindistonning Telangana shtatida tirkamali traktor kanalga ag‘darilib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Laxmapuram qishlog‘i yaqinida bir traktor tirkamasi bilan Musi kanaliga ag‘darilib ketgan. Tirkamadagi 20 kishidan 14 nafari hamda traktorchi halok bo‘lgan. Yaralagan 6 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilyapti.

Hindistonda har yili eski transport vositalari hamda yo‘llarning yaroqsizligi tufayli o‘rtacha 110 kishi yo‘l-transport hodisasidan halok bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring