Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda xavfli virus 12 yoshli bolaning umriga zomin bo‘ldi

Hindistonda xavfli virus 12 yoshli bolaning umriga zomin bo‘ldi

Foto: «Krasivosti.pro»

Hindiston janubidagi Kerala shtatida 12 yoshli bola yakshanba kuni xavfli Nipax virusidan vafot etdi. NDTV telekanali mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berishicha, yana ikki odamda ushbu kasallik alomatlari aniqlangan.

Kasalliklarni nazorat qilish milliy markazi mutaxassislari shifokorlarga yordam berish maqsadida zudlik bilan shtatga yetib borishgan. Kasallik tarqalishining oldini olish uchun bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarning hammasini aniqlash va ularni karantinga yuborish kerak.

Nipax virusi ilk bor 1998-yili Malayziyada cho‘chqa boquvchi fermerlar orasida tarqalganda aniqlangan. So‘ngra Osiyoda 12 marta kasallik tarqalishi qayd etildi. Virus nafas yo‘llari og‘ir kasalliklari, miya yallig‘lanishi va yurak-qon tomir patologiyalarini keltirib chiqaradi. JSST o‘lim darajasini 40-75%gacha baholagan. Ushbu virusli kasallikka qarshi davo va vaksinalar hozircha mavjud emas.

Ko‘rshapalaklar infeksiya tashuvchisi hisoblanadi. Bu yerda katta ko‘rshapalaklarni uchuvchi tulki yoki it deb atashadi. Ular o‘zlari kasallanmaydi, lekin so‘lak va siydik orqali kasallikni tarqatishadi. Ko‘rshapalaklar meva bilan oziqlanadi, mango, banan, shirin palma sharbatini yoqtirishadi. Ular tegingan mevalarga zararli so‘laklari tushishi mumkin. Shu bois aholi tishlangan yoki shikastlangan mevalarni yemaslik haqida doimo ogohlantiriladi. Kerala shtatida Nipax virusining tarqalishi uch yil oldin qayd etilgandi. O‘shanda 17 kishi vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring