Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda xotinini taloq qilgan kishiga qamoq jazosi tayinlanadi

Hindistonda xotinini taloq qilgan kishiga qamoq jazosi tayinlanadi

Foto: «bigpicture.ru»

Hindiston hukumati mamlakat bosh vaziri Narendr Modi tarafdorlari qatoriga ko‘proq ayollarni qo‘shish maqsadida xotinini taloq qilgan kishiga jinoiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha qonunni ma’qulladi.

O‘tgan yili Hindiston Oliy sudi musulmonlarga uch bor «taloq» so‘zini aytib, xotini bilan ajrashish imkonini konstitutsiyaga to‘g‘ri kelmaydigan amaliyot deb baholagan. Mamlakat adliya vaziri Ravi Shankar Prasadning ta’kidlashicha, 22 ta mamlakat, jumladan Hindistonga qo‘shni bo‘lgan Pokiston va Bangladeshda ham ushbu amaliyot taqiqlangan.

«Lenta.ru»ning yozishicha, hukumat qarorni to‘liq joriy etgach, xotini bilan bunday tarzda ajrashganlarga tovon evaziga ozodlikka chiqish taqiqlanadi va ular uch yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinadi.

Shu yil avgust oyida Mustaqillik bayrami munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda chiqish qilgan Mondi ayollar haqida so‘zlab, «ularga adolat qilinmagunicha to‘xtamasligini» aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring