Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik ishbilarmonlar O‘zbekistonga keldi

Hindistonlik ishbilarmonlar O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston – Hindiston biznes-forumi o‘tkazildi.

Foto: «Shamber.uz»

Kecha, 22-fevral kuni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan Hindiston ishbilarmon doiralari vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokida O‘zbekiston – Hindiston biznes-forumi o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

2017-yil yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 323,6 mln dollarga teng bo‘ldi, jumladan, eksport 32,5 mln, import esa 291,1 mln. dollar.

Eksportning asosiy qismini qishloq xo‘jaligi, transport va turistik xizmatlar, o‘simlik sharbatlari va ekstrakti, teri xomashyosi tashkil etadi. Hindistondan farmatsevtika mahsulotlari, mexanika va elektr uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari, transport va turistik xizmatlar, kimyo mahsulotlari va boshqalar import qilingan.

O‘zbekistonda Hindiston sarmoyasi ishtirokida 101 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 15 tasi 100 foiz hind kapitaliga ega.

O‘zbekiston tashqi savdo vazirligida Hindistonning 16 kompaniyasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tgan.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston delegatsiyasining Hindistonga qilgan safari davomida tashkil qilingan biznes forum doirasida 70 mln. dollarga teng 20 ta investitsion loyiha hamda jami 80 mln dollarlik 22 ta shartnoma imzolangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring