Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlarga yangi o‘rinbosar lavozimlari joriy qilindi

Hokimlarga yangi o‘rinbosar lavozimlari joriy qilindi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori (PQ–4332, 23.05.2019-yil) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorda ta’kidlanishicha, foydalanilmayotgan ob’yektlardan samarali foydalanish, shuningdek bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari («yo‘l xaritalari»)ni ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyasining ishchi organi funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Vazirlikka qo‘shimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar  investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan  shtat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:

  • hokim o‘rinbosari – viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;
  • hokim o‘rinbosari – tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i.

Qaror bilan ayrim viloyat, shahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi. 

Viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, qaror bilan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Markaz direktori Hukumat tomonidan tayinlanadi hamda u moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring