Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» o‘zbekistonlik iqtidorlar uchun noyob imkoniyat taqdim etmoqda

«Huawei» o‘zbekistonlik iqtidorlar uchun noyob imkoniyat taqdim etmoqda

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

«Huawei» kompaniyasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bilan birgalikda «Kelajak nihollari» yillik loyihasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Unga ko‘ra, uiversitetning 10 nafar talabasi amaliy tajribaga ega bo‘lish uchun Xitoyga yuboriladi.

«Huawei» to‘rt yildan buyon ushbu loyihani tashkillashtirib keladi va har yili TATU talabalari Xitoyga sayohat qilib, kompaniyaning ilmiy markazlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar hamda ilg‘or texnologiyalar va AKT sohasidagi innovatsion yechimlarni o‘rganadilar.

Bu yil kompaniya vakillari TATU mutaxassislari bilan birgalikda 2018-yilning 25-mayidan 8-iyunigacha Xitoyda o‘qitiladigan «Kelajak nihollari» loyihasi bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar talabani aniqladi. Amaliyot davomida talabalarga telekommunikatsiya sohasidagi innovatsiyalar namoyon etiladi va 5G tarmog‘i hamda IOT ishlanmalarini o‘rganish uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.

«O‘tgan yili «Kelajak nihollari» loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekinda bo‘lib o‘tgan «Bir yo‘l, bir makon» xalqaro sammitida ishtirok etgan va mazkur loyiha imkoniyatlarini 30 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlariga taqdim etganini ta’kidlash joiz», — deydi «Huawei» kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘limi rahbari Davron Azizov.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

TATU talabalari orasidan eng yaxshi 10 nafarini tanlab olish uchun tashkil qilingan tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘ldi va unda 100 dan ortiq talaba ishtirok etdi.

«O‘tgan yili talabalarimiz mobil aloqa stansiyalari va kommutatsiya texnologiyalarini montaj qilish bo‘yicha tashkil qilingan musobaqalarda ishtirok etib, Misr va bahraynlik tengdoshlarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Talabalarimizning professionallik darajasi hamda ilmiy salohiyati xorijda ham yuksak e’tirof etilganidan juda fahrlandik. «Huawei» kabi bizning xalqaro hamkorlarimiz bilan ishlashni davom ettirish ishtiyoqimiz baland va bu yilgi «Kelajak nihollari» dasturi talabalarga yuqori darajadagi yutuqlarni olib kelib, ta’lim jarayonida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ko‘nikmalar, g‘oyalar va yangi tajribalarni O‘zbekistonga olib kelishlariga ishonch bildirib qolamiz», — deya ta’kidladi TATUning O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Fayzulla Agzamov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring