Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» yil oxirigacha 3D-kamerali smartfonini chiqaradi

«Huawei» yil oxirigacha 3D-kamerali smartfonini chiqaradi

Foto: «Ekspress-novosti»

«Huawei» kompaniyasi yangi smartfon ustida ish olib boryapti, uning o‘ziga xos kamerasi uch o‘lchamli tasvirlar olish imkonini beradi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

Yangi qurilmaning ishchi nomi — «Princeton». Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bu smartfon 2018-yil oxirigacha taqdim etiladi.

3D-kameralar uchun xitoyliklar «Sony» kompaniyasida tayyorlangan yuzadan qaytgan nur masofasini aniq o‘lchovchi datchiklardan foydalanishdi.

Uch o‘lchamli tasvirlardan tashqari, bu smartfon odamlar va ob’yektlarning to‘ldirilgan reallik ilovalarida foydalanish mumkin bo‘lgan uch o‘lchamli modellarini ham yarata olishi haqida ma’lumot berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring