Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hubble» teleskopi Yerga «kulib turgan» koinot suratini yubordi

«Hubble» teleskopi Yerga «kulib turgan» koinot suratini yubordi

Foto: «Korrespondent.net»

«NASA»ning «Hubble» teleskopi Yerga koinotning «kulib turgan yuz»i suratini yubordi, deya xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Suratda «SDSS J0952+3434» galaktik klasteri aks etgan. Bir qaraganda unda kulib turgan yuzni ko‘rish mumkin.

Tasvir «Hubble» teleskopining «WFC3» kamerasi orqali suratga olingan. Olimlarning ta’kidlanishicha, «kulimsiragan yuz» galaktikaning qandaydir katta hajmdagi ob’yekti yonidan o‘tgan yorug‘lik natijasida yuzaga kelgan. Yorug‘likning bunday o‘zgarishi «gravitatsion linzalanish» deb ataladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring