Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat maxsus komissiyasi vakillari Qozog‘istonga uchib ketdi

Hukumat maxsus komissiyasi vakillari Qozog‘istonga uchib ketdi

Foto: FVV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida maxsus hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar bergan edik. Maxsus komissiya a’zolari Qozog‘istonga uchib ketdi. 

Bugun, 18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan, 5 nafar odam omon qolgan. Qurbonlarning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Aytish kerakki, komissiya tarkibiga Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa tashkilotlar vakillari kiritilgan. Ularning zimmasiga jabrlangan va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash, Vataniga qaytarish hamda ularning oilalariga yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining «Xabar.uz»ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor tibbiy guruh tashkil etildi va guruh ham Qozog‘iston Respublikasiga uchib ketdi. Kambustiolog, anesteziolog-reanimatolog, sud-med ekspert va psixolog kabi malakali shifokorlardan tarkib topgan ushbu guruhga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Asilbek Xudayarov boshchilik qilmoqda. Tezkor tibbiy guruh zarur vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta’minlangan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring