Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat Buxoroga aloqador qaror qabul qilishi kutilmoqda

Hukumat Buxoroga aloqador qaror qabul qilishi kutilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

2021-2022-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini qo‘shimcha kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari belgilanmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Buxoro – Navoiy, Buxoro – Qashqadaryo, Buxoro – Xorazm M–37 va A–380 halqaro avtomagistral yo‘llari bo‘yida joylashgan bo‘sh yer uchastkalarida yo‘l buyi turizm infratuzilmasi, xususan kemping, motel, xostel hamda hunarmandlar markazlari, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil qilish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Buxoro shahrida mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanadi:

  • maydoni 0,06 gektardan 0,15 gektargacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda investorga 50 ta xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona;
  • maydoni 0,15 gektardan 0,3 gektargacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda - 100 xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona;
  • maydoni 0,3 gektardan 0,5 gektargacha bo‘lgan yer uchastkasini ajratishda - 150 xonadan kam bo‘lmagan mehmonxona;
  • maydoni 0,5 gektardan va undan ortiq maydonga ega yer uchastkasini ajratishda - 200 ta xonadan kam bo‘lmagan, 3 - 5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxona qurish.

Shuningdek, «Buxoro ixtisoslashtirilgan jayron pitomnigi»ni 2021-2022-yillar davomida zamonaviy turistik ob’yektga aylantirish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring