Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«HUMAN»ning ishi sudga oshirildi

«HUMAN»ning ishi sudga oshirildi

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida «HUMAN» xususiy bandlik agentligi» MChJ rahbari Shoxnur Fayzullayevga (1992-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi Sh.Fayzullayev firibgarlik, soxta tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, Sh.Fayzullayev va boshqalar agentlikning joylarda vakolatxonalarini tashkil etib, 2019-yil 13-sentyabrga qadar fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva davlatlariga ishga joylashtirishni va’da qilib, ularning har biridan (taklif etilgan ishdan kelib chiqqan holda) 6 300 000 so‘mdan 35 000 000 so‘mgacha pul olgan. Pullar agentlikning bank hisob-raqamiga to‘lash yo‘li bilan qo‘lga kiritgach, biroq fuqarolarni hech qayerga yubormasdan, juda ko‘p miqdordagi pullarga firibgarlik yo‘li bilan ega chiqqani aytilmoqda. Jinoyat natijasida 1 198 nafar fuqaroning manfaatlariga zarar yetkazilgan.

Jinoyat ishi doirasida 5 ta ko‘chmas mulk va 5 ta avtotransport vositasi xatlangan.

Jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta’minlash rejalashtirilgan.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayrulla Rahmonov raisligida ko‘rib chiqilayotir.

Sud jarayoni davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring