Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev huquq, mudofaa va FVV xodimlarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev huquq, mudofaa va FVV xodimlarini mukofotladi

Foto: «Uza.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi. Farmon matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, yoshlarga yurisprudensiya asoslari bo‘yicha ta’lim berish, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Toshkent davlat yuridik universitetining «Davlat va huquq nazariyasi va tarixi» kafedrasi professori Axmedshayeva Mavlyuda Axatovnaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berildi.

Shuningdek, mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Mingbayev Ubaydulla Kurbanovich — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Gazbayeva Dilyara Yuldashevna — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari

Maslova Nadejda Grigorevna — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xalqaro-huquqiy boshqarmasi prokurori

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan

Dadaboyev Sherzod Sheraliyevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya komandiri;

Norgitov Shuxrat Irkinovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi boshlig‘i

Rustamov Shavkatillo Assadilayevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandirining o‘rinbosari

Xamdamov Abduvali Axmedovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi boshlig‘i

Xusanov Salimjon Erkinjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi boshlig‘i

«Do‘stlik» ordeni bilan

Akbarov Ravshan Rustamovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisining o‘rinbosari

Gasanov Mixail Yusupovich — Toshkent davlat yuridik universitetining «Mehnat huquqi» kafedrasi dotsenti

Grankina Galina Nikolayevna — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi laboratoriya boshlig‘i

Isoqov Hoji-Murod Isroilovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori

«Mardlik» ordeni bilan

Allaberdiyev Sherali Iraliyevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Nazirov Davlat Jurabayevich — Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linma komandiri

Samanov Musurmon Jabbarovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Uzaqov Ganchar Ummat o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Xalikchayev Zafarjon Toxirjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari

«Jasorat» medali bilan

Abdualimov Sherzod Baxodirovich — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul—post xizmati otryadining safdor xodimi

Abidjonov Botirjon Baxodirjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandirining birinchi o‘rinbosari

Jo‘rayev Bahrom Abdisattorovich (marhum) — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani bo‘limi boshlig‘i

Jo‘rayev Rustambek Qaxramon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi yo‘riqchisi

Zaynutdinov Abdulaziz Boxodir o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Kurbanov Suxrob Ulmasovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batareya komandiri

Qurbonov Alisher Omonovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linma komandiri

Mardonov Elyor Irdonovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Mirzayev Buned Olimjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bazasi katta mutaxassisi

Murodov Xusinali Yunusovich — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i

Palvayazov Asrorbek Jumaniyazovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Raxmonov Sherzodjon Akbarovich — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i

Xayrullayev Ulug‘bek Qo‘ldoshevich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Eshmirzayev Elmurod Eshtemirovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandiri

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Gubaydullin Damir Maratovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘lim boshlig‘i

Darmanov Murodjon Muxammadovich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qamchiq» Maxsus qidiruv—qutqaruv boshqarmasi kimyo yo‘riqchisi

Jumaniyazov Xalikbay Xasenbayevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari

Jo‘rayev Eshmurod Karshiyevich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i

Kim Oleg Vladimirovich — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Muxamedov Farrux Erkliyevich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori

Nabiyev Sherzod Sharafutdinovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Narbayev Ilxom Tashbekovich — Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchi-haydovchisi

Nosirov Shuxrat Abdurasulovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi guruh komandiri

Omonov Bektosh Nuriddinovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi texnik-haydovchisi

Ten Viktor Robertovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

Tuychiyev Ulugbek Ravshanboyevich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘z xavfsizlik boshqarmasining profilaktika va tezkor bo‘limi boshlig‘i

Xalimbetov Anvar Baxtiyarovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Shermatov Baxtiyor Yuzboyevich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassislar va xizmat hayvonlarini tayyorlash markazi boshlig‘i

Eshnayev Dilshod Muxitdinovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

«Shuhrat» medali bilan

Avyasova Irina Rafailovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kafedrasi o‘qituvchisi

Axmadaliyev Elyorjon Umaraliyevich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Bulutov Olimjon Muminovich — Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori

Yesemuratov Lepesbay Ajimuratovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

Jamolov Xamza Muxammadiyevich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari

Inanbabayev Akmalxon Maxmudovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «Adolat» huquqiy axborot markazi» davlat unitar korxonasi direktori

Ismatov Sirojiddin Nimatovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari

Kasimov Davron Vaxidjonovich — Andijon viloyat iqtisodiy sudi sudyasi

Matchanov Baltabay Jumaniyazovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslar soliq ma’muriyatchiligi va kameral nazorat bo‘limi davlat soliq bosh inspektori

Narzillayev Bobir Kosimovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Nematillayev Baxodir Raxmatillayevich — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi sanitar-yo‘riqchisi

Nematov Murot Xikmatovich — Buxoro viloyati Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

Nurishev Salamat Kudaynazarovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Radjapova Muxtaram Ziyodullayevna — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash kafedrasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi

Salimjonov Nodirbek Raximjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Bojxona to‘lovlari bo‘limi boshlig‘i

Sukachyova Yelena Mixaylovna — Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Tahlil va prognozlash bo‘limi davlat soliq katta inspektori

Toshev Shamsiddin Shokirovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi harbiy xizmatchisi

Turdimuratov Alpisbay Jangabayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori

Xamidov Gafur Garifovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism katta muhandisi

Yusupova Rano Maxamadjanovna — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti kafedrasi katta o‘qituvchisi

Yakubova Marxamat Kushbayevna — Toshkent shahar «POYTAXT» advokatlar hay’ati boshqaruvchisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring