Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Huquqiy savodxonlikni oshirishdagi xizmatlar nishon bilan taqdirlanadi

Huquqiy savodxonlikni oshirishdagi xizmatlar nishon bilan taqdirlanadi

Hukumat qarori (240-son, 22.03.2019 y.) bilan «Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan davlat organlari xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Davlat organlari o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni xar yili 1 oktyabrga kadar adliya organlariga taqdim etishi lozim. Adliya vazirligida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20 noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring