Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Po‘lat Bobojonov: «Bundan keyin ko‘zbo‘yamachiliklarga barham beriladi»

Po‘lat Bobojonov: «Bundan keyin ko‘zbo‘yamachiliklarga barham beriladi»

Foto: «Uza.uz»

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyida Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, xususan, yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni aniqlash, reabilitatsiya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tashkil etilgan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.Bobojonov tilga olingan muammolarni hal etish borasida taklif va ko‘rsatmalarini aytib, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalarni sanab o‘tdi:

– Besh oy mobaynida yashash joyiga ega bo‘lmagan, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj 5246 nafar shaxs reablitatsiya markazlariga joylashtirilgan bo‘lsa, ularning qariyb 1700 nafari muqaddam sudlangan shaxslardir. 2180 nafarini sog‘lom turmush tarzini butunlay yo‘qotgan, ichkilikbozlikka mukkasidan ketganlar tashkil etadi. 111 nafari esa – qariligi va nogironligi bois mehnatga yaroqsiz kishilar. Afsuslanarli jihati shundaki, ular bilan ishlashda, ish, yashash joyi bilan ta’minlash, ijtimoiy-qo‘llab quvvatlashda ishlar nomiga, ko‘r-ko‘rona olib borilganidir. Buni o‘tgan vaqt mobaynida reabilitatsiya markazlariga olib borilgan shaxslarning faqat 20 nafari davolash muassasalariga joylashtirilgani, qolgani o‘z holiga tashlab qo‘yilganida ham ko‘rish mumkin. Bundan keyin bu kabi ko‘zbo‘yamachiliklarga barham beriladi. Reabilitatsiya markaziga kelgan shaxsning sog‘lig‘ida muammo bo‘lsa, davolashga yotqiziladi, ishga muhtoj bo‘lsa, bandligi ta’minlanadi. Viloyatlardan kelgan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni esa viloyatlarga qaytarib yuborish bilan cheklanilmaydi. Joylardagi mutasaddilar ularning yashash joyini, bandligini qattiq nazoratga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring