Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar vazirligi tizimida yana tayinlovlar

Ichki ishlar vazirligi tizimida yana tayinlovlar

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimlarida yana bir qator rahbarlik lavozimlari tayinlandilar. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

podpolkovnik Bulatov Bekmurza Sarsenbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Jumamuratov Alisher Paraxatovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanoy tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

polkovnik Qodirov Jamshed Sobirjonovich — Samarqand viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Xurmatov Taxir Adashovich — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.

Eslatib o‘tish kerak, kecha, 20-iyun kuni ham Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring