Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIB: «Koronavirusga chalingan bemor izolyasiya qilindi»

IIB: «Koronavirusga chalingan bemor izolyasiya qilindi»

Foto: Xorazm viloyati IIB axborot xizmati

Urganch shahrida «yuqumli virus bilan kasallangan bemor»ni izolyasiya qilish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lumki, ayni kunlarda dunyo aholisining diqqat markazida Xitoyda tarqalgan koronavirus bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu yuqumli va xavfli virus natijasida Xitoyda vafot qilgan insonlar soni ming nafardan oshib ketganligi inobatga olinsa, bu virusning mamlakatimizga kirib kelishini oldini olish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish foydadan holi bo‘lmaydi.

Shu maqsadda 12-fevral kuni «Urganch xalqaro aeroporti»da «Yangi turdagi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish Davlat tizimi hududiy organlari va kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Maxsus-o‘quv mashqida ishtirok etgan ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar, bojxona organlari, chegara qo‘shinlari va «Urganch xalqaro aeroporti» ishchi-xizmatchilari yuqumli kasallik bilan kasallangan shartli «bemor»ni aniqlash, izolyasiya qilish va davolash ishlarini olib borish bo‘yicha o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirdilar.

Maxsus-o‘quv mashqi davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, erishilgan yutuqlar yakunda qatnashchilar ishtirokida muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring