Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB xodimlari yosh onaga chaqaloq bilan uyga qaytishida yordam berishdi

IIBB xodimlari yosh onaga chaqaloq bilan uyga qaytishida yordam berishdi

«Issiq tarmoq» telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish ko‘plab toshkentliklar va poytaxt mehmonlari uchun karantin sharoitida yordam umid qilish mumkin bo‘lgan yagona yo‘ldir. Poytaxt IIBB xodimlari buni yaxshi tushunishadi va zarurat tug‘ilganda fuqarolarga yordamga shoshadilar. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

24 aprel kuni Shayxontohur tumanida yashovchi Ilvira Rifatovnaning xursandchilikdan boshi ko‘kka yetdi: uning qizi farzandli bo‘ldi. Ammo qizini qanday qilib tug‘ruqxonadan olib ketishni bilmas edi, transport yo‘q, tug‘ruqxona Mirobod tumanida joylashgan, yosh oila esa Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashaydi. Masofa uzoq. Shundan so‘ng Ilvira Rifatovna Toshkent shahar IIBBga yordam so‘rab murojaat qildi.

Kecha poytaxt IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi yosh ota-onalarga yordam berishdi. Yosh ona va uning chaqalog‘i Karolina turpolitsiya xodimlari yordami bilan uylariga yetib olishdi.

Toshkent shahar IIBB Galyamovlar oilasini yangi farzand bilan tabriklaydi va ularga sog‘liq, baxt va osoyishtalik tilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring