Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV 2018-yilda giyohvandlik bo‘yicha qancha jinoyat sodir etilganini ma’lum qildi

IIV 2018-yilda giyohvandlik bo‘yicha qancha jinoyat sodir etilganini ma’lum qildi

Foto: Yoshlar media markazi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar IIBB, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sayfullo Axmedovning ta’kidlashicha, 2018-yil yakuniga qadar giyohvandlik bo‘yicha, jami 989 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ushbu jinoyat ishlari bo‘yicha 50 kilogrammdan ortiqroq turli xildagi giyohvand moddalari daliliy ashyo sifatida olingan. Shu yil boshidan hozirga qadar 121 ta giyohvandlik bilan bog‘liq holatlar aniqlangan. 

Sayfullo Axmedov bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida «Yoshlar — narkotik va giyohvandlikka qarshi» mavzusida davra suhbatida ma’lum qildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish Milliy Markazi, Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi, Toshkent shahridagi ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari, malakali psixologlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Yoshlar media markazi

Muloqot davomida psixotrop moddalar inson ruhiyatiga qattiq ta’sir etishi, uni tinchlantiruvchi modda sifatida asosan tibbiyotda qo‘llanilishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Psixotrop moddalarga sirasiga tramadol, lirika, baklasan, samnol, diazepam, sibazol, valium, fenazenam kabi dori vositalari kiritildi.

Suhbat yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Talaba yoshlar bilan oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik asosida «Mobil» va «Profilaktika» jamoatchilik guruhlarini shakllantirishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring