Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV fuqarolarni turli dala hovlilariga bormaslikka chaqirdi

IIV fuqarolarni turli dala hovlilariga bormaslikka chaqirdi

IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi murojaat bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, fuqarolardan turli dala hovlilariga bormaslik so‘ralgan. Ushbu joylarga tashrif buyurish infeksiya tarqalish xavfini oshirishi mumkin. 

«Respublikamiz hududida koronavirus tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik vaziyatning barqarorligini hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati va respublikamizning boshqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormaslikni so‘raymiz.

Dala hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilishi, ularga turli hududlardan fuqarolarning tashrif buyurishi, aksariyat dala hovlilarda dezinfeksiya tadbi rlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar ushbu joylarda virusli infeksiyalar yuqishi va tarqalishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi»-, deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, respublikada koronavirusga qarshi kurashda turli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Masalan, 23-martdan boshlab to‘y-hashamlar o‘tkazish vatqincha to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring