Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV qidiruvdagi 10 nafar «xavfli shaxs»ning fotolarini e’lon qildi

IIV qidiruvdagi 10 nafar «xavfli shaxs»ning fotolarini e’lon qildi

Foto: IIV

O‘zbekiston IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bir guruh shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinganligi haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ular xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etishmoqda va milliy hamda umuminsoniy xavfsizlikka raxna solishmoqda.

IIV mazkur shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan hududiy ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqami orqali xabar berishlarini so‘radi.

«Internet bugungi kunda butun dunyodagi vaziyat haqida soniyalar ichida cheksiz ma’lumotlarni ulashmoqda. Ular orasida esa xalqaro tinchlikka xavf soluvchi, insonlar o‘rtasida shafqatsizlik va terrorni targ‘ib etuvchi ma’lumotlar ham juda ko‘p. Internet foydalanuvchilari esa eng avvalo mana shu ma’lumotlarni o‘z zehni bilan farqlay olishi zarur. Aks holda esa aldov qurboni bo‘lib, yosh umri, salomatligi va kuch quvvatini, urush o‘choqlarida, terrorchi tashkilotlarning harbiy lagerlarida xazonga aylantirish hech gap emas», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring