Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB va XTV Toshkentdagi bola o‘g‘rilari haqida ma’lumot berdi

IIBB va XTV Toshkentdagi bola o‘g‘rilari haqida ma’lumot berdi

Foto:«Kun.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab atrofida bola o‘g‘irlashga urinish holati haqidagi ma’lumotlar tarqatildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21-oktyabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida, taxminan soat 13:10 da bola o‘g‘irlashga urinish ro‘y bergan.

«Barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi xavfsizligi uchun kerakli choralar ko‘riladi. Sizlardan farzandingizni maktabdan uyga yetib olishini o‘z nazoratingizga olishingizni so‘raymiz» deya bayonot bergan Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Maktab o‘quvchilariga hech qanday ziyon yetmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu voqea yuzasidan yakuniy ma’lumot surishtiruv ishlari tugagach taqdim etilishi bildirilgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxslar kelgusida ma’lumot taqdim etiladi. IIBB ota-onalardan asossiz va vahimali xabarlarni tarqatmaslikni ham so‘ragan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring