Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Anvarjon Hakimov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Anvarjon Hakimov 1967-yili Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1991-yili Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom.

Mehnat faoliyatini 1991-yilda Chortoq tumani «Oyqiron» shirkat xo‘jaligi bosh pudratchi yordamchisi vazifasidan boshlab, bosh agronomlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

2002—2018-yillar davomida Chortoq tumani dehqonchilik sanoati firmasi, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, «Oyqiron» shirkat xo‘jaligi, «Oyqiron mirishkorlari» MMTP, tuman o‘simliklarni himoya qilish otryadi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.

U 2018-yildan buyon Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

***

Saidahmad Sultanov Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Saidahmad Sultanov 1976-yili Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1998-yili Namangan muhandislik-iktisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog.

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Namangan tumani davlat kadastri bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. 2001—2012-yillar davomida viloyat va Namangan shahar kadastr korxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

2012—2018-yillarda Namangan shahar hokimining o‘rinbosari bo‘lgan.

Saidahmad Sultanov 2018-yildan buyon Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring