Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki o‘zbekistonlik Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlandi

Ikki o‘zbekistonlik Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlandi

Foto: REUTERS

AQShning Nyu-York shahri, Bruklin tumanida ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz fuqarolari – Z.H. va H.S. mahalliy shifoxonalarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida vafot etgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, chet eldagi O‘zbekiston fuqarolariga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy hokimiyat talablariga to‘liq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy so‘ragan.

Shuningdek, AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari (tel: +1-212-754-7403) mumkinligi eslatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring