Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilgizar Sobirov yangi lavozimda ish boshladi

Ilgizar Sobirov yangi lavozimda ish boshladi

Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Ilgizar Sobirov jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisi lavozimida ish boshlagan. Bu haqda «Turon24» xabar bermoqda.

2018-yil 29-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu sud yangi binosining ochilish marosimida Ilgizar Sobirov tanishtirilgan. U joriy yilning aprel oyida Xorazm viloyati hokimi vazifasidan o‘z xohishiga ko‘ra bo‘shagan edi.

2006-2015-yillarda Oliy Majlis Senati raisi sifatida faoliyat olib borgan. Keyin esa Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i va viloyat hokimi lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring