Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk bor 5G ommaviy sinovi, yetakchi ekspert va blogerlar chiqishlari: «MobiSon 2018» qanday o‘tdi? (foto)

Ilk bor 5G ommaviy sinovi, yetakchi ekspert va blogerlar chiqishlari: «MobiSon 2018» qanday o‘tdi? (foto)

Foto: «Infocom.uz»

Kecha, 11-oktyabr kuni poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «MobiSon 2018» mobil konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Uchinchi marotaba o‘tkazilgan anjumanda raqamli texnologiyalarning yetakchi ekspertlari qatnashdi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Rossiyadan 20dan ortiq spiker o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildi. Ayniqsa,  Mahalliy spikerlar bilan bir qatorda, xalqaro digital va IT kompaniyalarning vakillari — Veon Group bosh ijrochi direktori Shell Morten Yonsen, «Select Communication Group» — Viktor Yeliseyev (Qozog‘iston), «Genesis YouTube Central Asia» — Samson Bezmyatejniy (Qozog‘iston)ning chiqishlari  dolzarbligi bilan barchaning diqqatini tortdi. Shuningdek, mutaxassislarning yangi raqamli mahsulotlar, internetdagi asosiy kontent sifatida bloging hamda vlogingning rivojlanishi, e-commerce, digital marketing va boshqa mavzulardagi  axborotlari qiziqarli bo‘ldi.

Mobil anjumanda «Beeline Uzbekistan» kompaniyasi mobil aloqaning beshinchi avlod 5G tarmog‘ini «Huawei» uskunalarida ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi.

Yangi aloqa standarti O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida kirib kelishi rejalashtirilgan bo‘lib, «MobiCon» ishtirokchilari birinchi bo‘lib uni sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 5G avvalgi texnologiyalar bilan taqqoslanganda, yangi aloqa standarti M2M va IoT talablarga javob bergan holda ma’lumotlar uzatish tezligini yuzlab Mbit/soniyaga oshirish va bir vaqtning o‘zida bir necha million qurilmalar uchun tezlikni ta’minlash imkonini beradi.

Shuningdek, konferensiya doirasida kompaniyaning yangi mahsulotlar – BeelineTV hamda Yandeks.Muzika taqdimoti o‘tkazildi.

Shell Morten Yonsen, «Veon Group» bosh ijrochi direktori:

— «MobiSon 2018» xalqaro mobil konferensiyasida ilk marotaba ishtirok etdim. Anjuman oddiy qilib aytganimizda, raqamli dunyo yangiliklarini o‘zaro almashish uchun keng maydon yaratdi va shunisi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekiston iqtisodiyoti investitsiyalar uchun ochilmoqda. 4G katta shaharlardan chiqib, hududlarga kirib borayotganini ham ko‘ryapmiz. Bu albatta, internet tezligi hamda sifati bilan bog‘liq. Shuningdek, biz, iqtisodiyotning xalqaro munosabatlar bilan integratsiyalashayotganini, xalqaro savdo munosabatlari va yangi yo‘nalishlari rivojlanayotganini kuzatyapmiz. Bundan tashqari, raqamli iqtisod transformatsiyasiga ham guvoh bo‘lyapmiz. Albatta, «MobiSon 2018»da yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik barcha uchun yaxshi samaralar berishiga ishonaman.

Tadbirni «Ledokol Group» media agentligi bir qator hamkor tashkilotlar bilan tashkil etdi. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalimiz ham tadbirning axborot hamkori sifatida ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring