Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratiladi

Ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi.

Muloqotda mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, keyingi bir yilda prezidentning sohaga doir 11 farmon va qarori qabul qilingani qayd etildi.

Lekin fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya past darajada qolayotgani, ilmiy izlanishlar yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayotgani tanqid qilindi.

«Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi, uning xaridori oldindan aniq bo‘lishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratilishi, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining oylik maoshlari bir necha barobar oshirilishini ma’lum qildi.

Kuni kecha Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Uchrashuvda bu boradagi ishlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalar yaratish va sohaga tatbiq etish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring