Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask tanlov e’lon qildi: g‘olibga 100 million dollar beriladi

Ilon Mask tanlov e’lon qildi: g‘olibga 100 million dollar beriladi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining Twitterdagi sahifasida yangi tanlov e’lon qildi.Tanlov shartlariga ko‘ra, karbonat angidrid gazini olish va saqlash uchun eng yaxshi texnologiyani ixtiro etgan kishiga 100 million dollar to‘lashni va’da qilgan.

«Men eng yaxshi uglerodni tortib olish texnologiyasi ixtirosi uchun mukofot sifatida 100 million dollar sarmoya ajrataman», deb yozgan Mask. Shuningdek, u taklif tafsilotlarini kelasi hafta oshkor qilishga va’da bergan.

Karbonat angidrid gazini olish va saqlash deganda, karbonat angidrid gazini sanoat va energiya manbalaridan ajratish va atmosferadan uzoq muddatli izolyasiyani o‘z ichiga olgan jarayon tushuniladi. Ushbu jarayonning maqsadi global isish va atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashdir.

Eslatib o‘tamiz, Tesla va SpaceX kompaniyalarining bosh ijrochi direktori Ilon Mask Xan akademiyasi o‘quvchilari uchun bepul ta’lim platformasiga 5 million dollar sarmoya ajratgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring