Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Imom Buxoriy» davlat mukofoti ta’sis etildi

«Imom Buxoriy» davlat mukofoti ta’sis etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, yangi davlat mukofoti joriy etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va keng jamoatchilikning islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, mamlakatimiz dovrug‘ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida «Imom Buxoriy» davlat mukofotini ta’sis etildi.

Farmonda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish vazifasi yuklatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring