Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyning ortidan Hindiston ham AQShga «savdo urushi» e’lon qildi

Xitoyning ortidan Hindiston ham AQShga «savdo urushi» e’lon qildi

Foto: «Global Look Press»

Hindiston hukumati AQShdan keltirilayotgan bir qator mahsulotlarga boj joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Hindiston moliya vazirligi ma’lum qilgan.

Bunday tovarlar sirasiga bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kiritilgan. Ushbu qaror bugun, 16 iyundan kuchga kirishi lozim.

Nyu-Dehli ushbu qaror ortidan 240 million dollar ishlashni ko‘zlab turibdi. Hindiston hukumati shu tariqa AQSh tomonidan hind tovarlariga qo‘yilgan boj tufayli ko‘riladigan zararni qoplab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi bir necha oy davomida Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo aloqalari ham inqiroz ko‘chasiga kirib qolgani xabar qilingan edi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring