Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyada 40 ming yillik tosh-suratlar topildi

Indoneziyada 40 ming yillik tosh-suratlar topildi

Foto: «Korrespondent.net»

Indoneziyaning Sharqiy Kalimantan orolidagi g‘orlarda tahminan 40 ming yillik tarixga ega tasvirlar topildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Toshlarga chizilgan suratlarda sigirni eslatuvchi jonivor tasvirlangan. «Nature» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, bu dunyodagi ilk jonivor tasvirlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, qo‘l kaftining trafaret surati ham topilgan bo‘lib, ekspertizaga ko‘ra, ular 40-52 ming yil avval yaratilgan.

Bundan tashqari g‘orda rassomchilikning biroz kechroq - 20 ming yil avvalgi inson tasviri aks etgan namunalari ham saqlanib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring