Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyada 5,2 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 5,2 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyaning Sumatra orollarida joylashgan Achex shtatida 5,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Indoneziya Meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi (BMKG) ma’lumotlariga ko‘ra, yer qimirlashi G‘arbiy Achex hududining 13 kilometr janubiy-g‘arbida, yerning 10 kilometr qa’rida kuzatilgan.

Halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring