Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi Inha universiteti professori Yodju texnika institutida ma’ruza o‘qidi

Toshkentdagi Inha universiteti professori Yodju texnika institutida ma’ruza o‘qidi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv jarayoni to‘liq Koreyadagi Inha universiteti o‘quv dasturlari va standartlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Bu yerda talabalarga yuqori malakali mahalliy professorlardan tashqari, Koreya, Italiya, Buyuk Britaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar ma’ruza o‘qiydilar. Ular orasida Koreyaning Inha universitetidan kelgan va uch yildan buyon logistika fakulteti talabalariga ma’ruzalar o‘qib kelayotgan professor Juen O xonim ham bor.

O‘tgan yili Koreya va O‘zbekiston hamkorligida yuritimizda yana ikkita Koreya oliy ta’lim muassasasi – Toshkentdagi Puchon universiteti va Toshkentdagi Yodju texnika instituti barpo etilgan edi. Toshkentdagi Yodju texnika instituti yurtimizdagi birinchi xususiy institut bo‘ldi. Bu institut Koreyadagi Yodju instituti dastur va standartlari asosida mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznesni boshqarish sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

2019-yil 1-may kuni Toshkentdagi Yodju texnika instituti rahbariyati taklifi bilan Toshkentdagi INHA universiteti professori Juen O mazkur institut talaba va o‘qituvchilari uchun Koreya va O‘zbekiston madaniyatlari o‘xshashligi va farqlari haqida ma’ruza-taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, professor yig‘ilganlarga Koreyada mutaxassislarni kadrlar menejerlari tomonidan ishga tanlab olishning shaffof jarayonlarini batafsil tushuntirib berdi va ushbu tajribani O‘zbekistonda ham qo‘llash mumkinligi haqida fikr yuritdi.

Foto: «Xabar.uz»

Yodju texnika instituti rektori J.Xudaybergenov professor Juen O ma’ruzasini yuqori baholab, unga «Eng yaxshi ma’ruza-taqdimot» sertifikatini taqdim etdi va O‘zbekistondagi boshqa universitetlar ham Juen O kabi professorlarni o‘zlarida ma’ruza o‘qish uchun taklif etsalar, o‘zbekistonlik talabalar ularning boy tajribalaridan ko‘p narsalarni o‘rganishi va bu kelajakda ularning yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlariga katta yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring