Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vazirligi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qildi

Innovatsiya vazirligi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qildi

Illyustrativ foto

Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikamizda COVID-19 koronavirusga qarshi samarali kurashish, kasallikning respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida «Tibbiyot fanlari» yo‘nalishida amaliy loyihalar tanlovini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, respublikamizda koronavirusli infeksiyalar patogenezini chuqur tahlil qilish asosida ularni davolash texnologiyalarini yaratish hamda koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar-genetik diagnostikumlar yaratishga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda.

Hozirda jahon bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus infeksiyasining (COVID-19) O‘zbekistonga kirib kelmasligini ta’minlash, avvalo, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.

Ilmiy loyihalarga davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan amaliy loyihalar mavzulari:

  • «Koronavirusli infeksiyalar patogenezini chuqur tahlili asosida ularga qarshi kurash va davolash texnologiyasini yaratish» bo‘yicha bajarilishi ikki yilga mo‘ljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 2,0 mlrd. so‘m);
  • «COVID-19 koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar-genetik diagnostikum yaratish» bo‘yicha bajarilishi bir yilga mo‘ljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 1,5 mlrd. so‘m).

Elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan loyihalar 2020 yilning 15 apreliga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha vazirlik binosida qabul qilinadi.

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so‘ng to‘liq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirliklardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi ta’kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan ko‘chirma ilova qilinishi lozim.

Tanlov o‘tkazilishining ob’yektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Belgilangan muddatda fan yo‘nalishlari bo‘yicha elektron va qog‘oz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda qayta e’longa beriladi va natijasi bo‘yicha agar loyiha kelib tushmasa, dastlabki kelib tushgan loyiha bilan muzokara o‘tkazilib, salohiyatiga ko‘ra ITKga chiqariladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring