Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi direktori maqomi vazirga tenglashtirildi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi direktori maqomi vazirga tenglashtirildi

Фото: «Xabar.uz»

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida e’lon qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 35 nafar kishidan iborat Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, markaz to‘g‘risidagi nizom, markaz xodimlarining mehnatiga yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash razryadlari, markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ham tasdiqlangan.

Markazni O‘zbekiston prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi. Markaz direktori O‘zbekiston prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikkita o‘rinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega.

Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktorning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosari vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi. Martaba darajalari uchun ustama va ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra, Markaz xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,7 baravar ko‘paytirilgan miqdorda qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring