Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inspektorlar bodi-kameradan nima maqsadda foydalanishadi?

Inspektorlar bodi-kameradan nima maqsadda foydalanishadi?

Foto: IIV matbuot xizmati

Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari bodi-kameradan foydalangan holda ishlashlari belgilangan. Hozirda Toshkentda mobil videokameralarni test rejimida sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

«Sinov davomida kameralar turli ob-havo sharoitlarida va ko‘rinishlarda, har xil holatlarda hamda vaziyatlarda ishlatib ko‘riladi», — deyiladi IIV axborotida. Qayd etishlaricha, sinov tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar kameralarni ishlab chiqaruvchilarga yetkaziladi va bartaraf etiladi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, dasturiy ta’minot ham sinovdan o‘tkaziladi.

Bodi-kamera bilan ishlash jarayonida xodim yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borib, o‘zini tanishtiradi va lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot beradi, shuningdek, mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qiladi va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun undagi videoyozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

«Bodi-kameralarning ishga tushirilishi, birinchi navbatda, shu soha vakillari uchun zarur. Chunki kameralar orqali vaziyatni doimo nazorat qilib turish imkoniyati oshadi. Nazorat kuchaytirilgan joyda esa tartib-intizom bo‘ladi. Kameralar esa har bir holatni oshkora ko‘rsatib beradi. Shu sababli barcha harakat ishtirokchilarini Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiramiz», — deyiladi vazirlik axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring