Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instagram» foydalanuvchilari xizmatdagi xatolardan norozi

«Instagram» foydalanuvchilari xizmatdagi xatolardan norozi

Foto: «Aif.ru»

«Instagram» foydalanuvchilari xizmatdagi xatolardan norozilik bildirmoqda», — deya xabar bermoqda «Aif.ru» sayti.

«Downdetector» sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, xato bugun, 24-aprel kuni AQShning sharqiy qirg‘oqlarida mahalliy vaqt bilan 7:37 da kuzatilgan.

Xizmatdan eng ko‘p norozi bo‘lganlar orasida Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Serbiya, Bolgariya, Polsha, Turkiya va Ukraina fuqarolarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, muammo AQSh, Braziliya, Avstraliya, Singapur va Yaponiya fuqarolari orasida ham kuzatilgan.

Shuningdek Rossiyaning Moskva, Nijniy Novgorod, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlaridagi foydalanuvchilar ham xatolardan shikoyat qilishgan.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan bunday shikoyatlar bo‘lgani haqida hech qanday xabar tarqamagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring