Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«iPhone 7» va «iPhone 7 Plus» egalari yana bir kutilmagan muammoga duch keldi

«iPhone 7» va «iPhone 7 Plus» egalari yana bir kutilmagan muammoga duch keldi

Foto: «gazetadaily.ru»

Elektronika vositalarining ishlashi vaqt o‘tgan sayin yomonlashib borishi hech kimga sir emas, biroq bu ba’zi hollarda juda tez sodir bo‘ladi. 2016-yilda ishlab chiqarilgan «iPhone 7» hamda «iPhone 7 Plus» smartfonlari aynan shu muammoga duch keldi. Foydalanuvchilar qurilmaning mikrofoni buzilib qolayotganidan va bu davriy yuklanishni yuzaga keltirayotganida nozori bo‘lmoqda, deb xabar beradi «4PDA».

«iPhone 7» va «iPhone 7 Plus» qurilmalarining egalari turli forumlar va ijtimoiy tarmoqlarga smartfondan normal foydalanish vaqtida uning mikrofoni ishlamay qolayotganini ma’lum qilmoqda. Bundan tashqari qurilmani o‘chirib-yoqish vaqtida ekrandagi «Apple» logotipining qotib qolish hollari kuzatilyapti.

Servir markaz mutaxassislarining so‘zlariga qaraganda, «iPhone 7» va «iPhone 7 Plus»dagi ushbu muammo ishlamaydigan «iPhone 6» va «iPhone 6 Plus»lardagi rachskrin muammosining xuddi o‘zi ekan. 2014 yildagi smartfonlar kabi «iPhone 7»larning platasidan audiochip ajralmoqda. Ayni vaqtda ekspertlar yagona qarorga kelgani yo‘q: bir qismi bunga zarbalar sabab bo‘lgan desa, qolganlari oddiy qo‘llash vaqtida uning egilishiga bog‘lamoqda.

«Apple» kompaniyasi mazkur muammoni o‘rganishni boshlaganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring