Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«iPhone»ning portlashi videoregistratorga tushib qoldi (video)

«iPhone»ning portlashi videoregistratorga tushib qoldi (video)

Skrinshot

Xitoyning Minxan shahrida yashovchi ayolning mashinasidagi videoregistratorga old oyna ostida turgan «iPhone»ning tasodifan portlab, keyin yonib ketishi tushib qoldi. Bu haqda «The Sun» xabar bermoqda.

Ko‘rib turganingizdek, asboblar paneli ustida turgan smartfon avval portladi, keyin tutun chiqarib yonib ketdi. Oradan bir necha soniya o‘tib, qanday tez yongan bo‘lsa shunday tez o‘chdi.

Ayolga bu kichik portlashdan tan jarohati yetmadi, avtomobil asboblar panelida esa kuygan izlar qoldi. O‘sha kuni havo harorati 40 darajaga chiqqan edi. Kuchli issiq tufayli smartfon batareyasi qizib ketgan.

Xulosasi o‘zingizga havola, hurmatli haydovchilar: iloji boricha telefonni asboblar paneli ustiga qo‘ymang — bu mashinadagi eng issiq joy!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring