Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IQ ko‘rsatkichi eng yuqori aktyorlar (foto)

IQ ko‘rsatkichi eng yuqori aktyorlar (foto)

«Barchasini eslash» filmidan kadr

Shou-biznes vakillari haqida gap ketganida, to‘g‘risi, har doim ham o‘ta aqlli odamlar ko‘z o‘ngimizga kelavermaydi. Ayniqsa, ayrim qo‘shiqchi va artistlarning xurmacha qiliqlarini ko‘raverganingdan keyin... Biroq uncha-munchasiga dars bera oladigan yana bir toifa mashhurlar borki, ularning zakovatiga chindan ham qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

Arnold Shvarsenegger

Kinoda bu aktyorga ko‘pincha qo‘li kallasidan tez ishlaydigan indamas qahramonlarni o‘ynashni berishgan. Ammo bilib qo‘ying, Shvarseneggerning IQ  ko‘rsatkichi — 135. Misol uchun ko‘pchilik odamlarning «aykyu»si 90-110 oralig‘ida bo‘ladi.


Natali Portman

Bolaligida «Leon» filmida o‘ynab yulduzga aylangan Natali Portmanning IQ ko‘rsatkichi 140 ga teng. Aktrisa naq oltita tilda so‘zlasha oladi.


Madonna

Shov-shuvli chiqishlari bilan nom qozongan Madonna maktabda faqat a’loga o‘qigan ekan. Uning ham IQ ko‘rsatkichi — 140.


Sheron Stoun

«Asosiy instinkt» filmi orqali ko‘proq tanilgan bu aktrisaning intellekt ko‘rsatkichi juda yuqori. Gollivudning eng aqlli yulduzlari qatorida turuvchi Stounning IQ darajasi — 153.


Rouen Atkinson

Ha, kutilmaganda o‘ziga xos bu reyting yetakchisi hammamizga tanish Janob Bin bo‘lib chiqdi. Ammo bilib qo‘ying, Atkinson faqat sahnada, kinodagina dovdir, ovsar...

Rouen Atkinson aktyorlikkacha universitetda elektromexaniklik yo‘nalishida tahsil olgan. Uning  IQ ko‘rsatkichi — 178. Kim bo‘lsin, balki Janob Binni deb dunyo buyuk bir olimsiz qolgandir...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring