Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Irkutsk aeroporti orqali 16 nafar o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi

Irkutsk aeroporti orqali 16 nafar o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi

Foto: snews.ru

Bu yil Moskva, Irkutsk, Novosibirsk, Belgorod va Rostovdagi aeroportlar orqali jami 518 nafar migrant chiqarib yuborildi. Bu haqda «Sibirskiye novosti» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 113 kishiga ko‘p. Rossiya chiqarib yuborgan jami migrantlarning 60 foizi — o‘zbekistonliklar. Tojikistonliklar esa — 19 foiz.

Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining Irkutsk oblasti boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, o‘tgan dam olish kunlari Irkutsk aeroporti orqali O‘zbekistonning 16 fuqarosi chiqarib yuborilgan. Hozirgi kunda sud qarori asosida chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan 82 nafar xorijlik maxsus muassasada saqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring