Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroq armiyasi Suriyani bombardimon qilishni boshladi

Iroq armiyasi Suriyani bombardimon qilishni boshladi

Foto:«BBC.com»

Iroq harbiy-havo kuchlari Suriyadagi IShID terrorchilik guruhi pozitsiyalariga havodan zarba berdi. Bu haqda «BBC» Iroq bosh vaziri Haydar Obodiyning matbuot xizmati xabariga asoslanib xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, havo zarbalari Iroq bosh vaziri Haydar Obodiyning buyrug‘i bilan 19-aprel kuni Iroq hududidan Suriya va Iroq chegarasidagi pozitsiyalarga berilgan. «Reuters» axborot agentligining xabar berishicha, ushbu zarbalarda AQShdan xarid qilingan «F-16» bombardimonchi samolyotlaridan foydalanilgan.

Agentlik manbalariga ko‘ra hujum Suriya hukumati bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

O‘tgan yili Iroq bosh vaziri mamlakat harbiylari IShIDga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar hujum qilishini ma’lum qilgandi, chunki bu Iroq xavfsizligi uchun muhim. Avvalroq Eron hukumati terrorchilarga qarshi kurashda Iroq hukumatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Iroq Suriyaning eng yaqin hamkorlari bo‘lmish Eron hamda Rossiya bilan yaqin aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga AQShdan ham qurol-aslaha olishda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring