Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ish haqi oshdi. To‘lov-kontrakt narxlari qachondan oshadi?

Ish haqi oshdi. To‘lov-kontrakt narxlari qachondan oshadi?

Foto: «Xabar.uz»

«Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2018-yilning 1 noyabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar (10 foiz) oshirildi.

Ish haqi oshirilgach, endi oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt narxlari ham oshadi. Davlat qabul komissiyasining 2018-yil 4-iyuldagi 2-son bayonining 12-ilovasi bilan 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab OTMlarda bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish miqdorlari tasdiqlanganganda, kontrakt narxlari eng kam ish haqi miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan edi.

Huquqsunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining «Telegramm» kanalida yozishicha, to‘lov- kontrakt narxi 2019-yil, bahorgi semestrdan oshadi. Bir yillik to‘lovni amalga oshirganlar ham qo‘shimcha to‘lov to‘laydilar.

2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo‘ladi (agar ish haqi yana oshmasa):

Bakalavr

1-toifa: 45 barobar – 9 mln 122 ming 850 so‘m

2-toifa: 46 barobar – 9 mln 325 ming 580 so‘m

3-toifa: 50 barobar - 10 mln 136 ming 500 so‘m

4-toifa: 55 barobar - 11 mln 150 ming 150 so‘m

5-toifa: 60 barobar - 12 mln 163 ming 800 so‘m

Magistratura

1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so‘m

2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so‘m

3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m

4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so‘m

5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so‘m

«Agar kimdir kontraktini oldindan 1 yillik to‘lab qo‘ygan bo‘lsa ham, baribir 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi», deb yozadi huquqshunos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring