Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ish tashlash oqibatida «Lufthansa» aviaparvozlar sonini teng yarmiga qisqartirdi

Ish tashlash oqibatida «Lufthansa» aviaparvozlar sonini teng yarmiga qisqartirdi

Foto: «Grown-up Travel Guide.com»

Germaniyaning yetakchi aviakompaniyasi «Lufthansa» ish tashlash tufayli 10-apreldagi aviaparvozlari sonini teng yarmiga qisqartirdi.

«Interfax.ru» xabarida aviakompaniya 10 aprelga belgilangan 1,6 ming aviaqatnovning 800 tasi bekor qilinishini ma’lum qilgani aytilgan. Buning natijasida 90 mingga yaqin yo‘lovchi manziliga ucha olmasligi kutilmoqda. Ish tashlashni «Verdi» kasaba uyushmasi tashkil qilgan va unda aviakompaniyaning frankfurtlik, myunxenlik, kyolnlik i bremenlik xodimlari ishtirok etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Frankfurt va Myunxendan uchuvchi yo‘lovchilar parvoz bekor qilinishi yoki aksinchaligidan qat’i nazar o‘z chiptalarini keyingi sanalardagi chiptalarga almashtirishlari mumkin. Ichki yo‘nalishlarga chipta olgan yo‘lovchilarga esa chiptalarini poyezd chiptasiga almashtirish taklif qilinmoqda.

Aviakompaniya tomonidan ertaga, 11-aprel kuni odatiy ish tartibiga qaytish va’da qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni  fransuz aviakompaniyasi «Air France» o‘z xodimlarining ish haqidan norozi bo‘lib ish tashlashi tufayli reyslarining 30 foizini bekor qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring