Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IShIDning Afg‘oniston bo‘yicha yetakchisi o‘ldirildi

IShIDning Afg‘oniston bo‘yicha yetakchisi o‘ldirildi

Foto: «tr.euronews.com»

Afg‘oniston Milliy xavfsizlik xizmatidan ma’lum qilinishicha, IShIDning Afg‘oniston bo‘yicha yetakchisi Abu Sa’d Irhobiy yashiringan hujrasida o‘ldirilgan. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Afg‘oniston g‘arbidagi Nangarhor shahrida afg‘on va xorijlik harbiylar birgalikda o‘tkazgan operatsiya chog‘ida Irhobiy bilan birga yana 10 nafar IShID jangarisi yo‘q qilingan.

Operatsiya asnosida IShIDga tegishli qurol-yarog‘ depolari portlatib yuborilgan.

Nangarhor shahri hokimining aytishicha, 2017 yildan beri Afg‘onistonda to‘rt nafar IShID mulozimlari o‘ldirilgan.

Pokiston bilan chegaradosh Nangarhor shahrida IShID jangarilari ko‘plab qo‘poruvchiliklar uyushtiradi.

Afg‘onistonda 2015 yildan beri faoliyat yuritayotgan va nomini «IShID-Xuroson» qo‘yib olgan jangarilar mamlakatdagi Amerika harbiylariga, Afg‘on qo‘shiniga qarshi kurash olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring