Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bag‘dodiyning vorisi». IShIDning yangi rahnamosi kimligi oshkor qilindi

«Bag‘dodiyning vorisi». IShIDning yangi rahnamosi kimligi oshkor qilindi

IShID o‘tgan hafta Suriyaning shimolida AQSh maxsus xizmati tomonidan o‘ldirilgan Bag‘dodiyning vorisini oshkor qildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda. 

Yangi rahnamoning ismi sharifi Abu Ibroxim al-Hoshimiy al-Qurayshiy ekani ma’lum bo‘ldi.

Katta ehtimol bilan Hoshimiy uning laqabi yoki «taxallusi» hisoblanadi.

U haqida IShIDning bayonotida deyarli hech narsa aytilmagan. 

Al-Hoshimiy o‘zini quraysh qabilasidan chiqqan deb hisoblaydi.

Shuningdek, terrorchilarning yangi vakili ham ma’lum qilindi, endilikda guruh nomidan barcha bayonotlarni Abu Xamza al-Qurashiy beradi. Ushbu vazifani bajargan guruhning oldingi a’zosi Abu Hassan al-Muhojir Bag‘dodiyning o‘limidan bir necha soat o‘tgach, o‘tkazilgan operatsiya davomida yo‘q qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, IShID 2014-yili Suriya va Iroq hududlarining katta qismini egallab olgandan sung, halifalik to‘zilganini e’lon qilgandi. Shundan beri guruh vakillari tomonidan Yaqin Sharq mamlakatlarida qo‘poruvchilik harakatlarini olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring